







1. UMUMIY TA’RIFLAR VA ATAMALAR MA’NOSI:
1.1. Ushbu haqiqiy Shartnomaga ko’ra, agar kontekst boshqa talqinni talab qilmasa, quyidagi atamalar keltirilgan ma’nolarni anglatadi:
- “HD” – pmaffiliates.com ning hamkorlik dasturini anglatib, hamkorlik sxemalari orqali Saytga yangi tashrif buyuruvchilarni jalb etadi.
- "Hamkor" – Internetda bir yoki bir nechta veb-mulklarga (keying talqinda "sizning veb-mulkingiz" deb yuritiladi) egalik qiluvchi va boshqaruvchi va Sayt takliflarini targ’ib qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
- “Hamkorni ro’yxatdan o’tkazish shakli” – bu siz to’ldiradigan va HDning Hamkoriga aylanishingizni tasdiqlaydigan ariza;
- "Sayt" - pmaffiliates.com hamkorlik dasturi taklifi sifatida taqdim etilgan onlayn sport o’yin resursi yoki mobil ilovasi.
- “Sizning veb-resursingiz” – Hamkorni ro’yxatdan o’tkazish shaklida ko’rsatilgan Hamkor trafigining manbai;
- “Reklama materiallari” – Sizning veb-resursingiz sahifalarida aks ettiriladigan grafik bannerlar, giperhavolalar, rasmlar, matnlar, koeffitsientlar, logotiplar;
- "Yangi mijozlar" – bu Saytda ilgari hisobga ega bo’lmagan mijozlar va Sizning veb-resursingiz va u yerda joylangan havolalar orqali Saytga kirgani, shuningdek, o’yin hisobini ro’yxatdan o’tkazgani va depozit kiritgani haqida bizda ularning shaxsiy elektron pochta manzillari yoki hisoblar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatadigan hech qanday ma’lumotlar mavjud emas
- "Maxfiy ma’lumotlar" – bu biz haqimizda ommaga ma’lum bo’lmagan, ammo qandaydir sababga ko’ra sizga oshkor qilingan barcha ma’lumotlar;
HAMKORLIK KELISHUVI
Tahrir sanasi: 29.12.2019
1. UMUMIY QOIDALAR:
1.1. Ushbu kelishuvni qabul qilib, Hamkor uning qoidalariga rozilik bildiradi.
1.2. HD hech qanday tushuntirishlarsiz o’z xohishiga ko’ra kelishuv shartlarini o’zgartirish, o’chirish yoki qo’shimcha kiritish huquqiga ega. O’zgarishlar HD sahifasida e’lon qilinadi.
2. KELISHUV PREDMETİ:
2.1. Hamkorning veb-resurslarida HD tomonidan taqdim etiluvchu Sayt reklamasi kelishuv predmeti hisoblanadi.
2.2. Hamkorga joylashtirish uchun quyidagi reklama materiallari taqdim etilishi mumkin:
- banner,
- havolalar,
- matnlar,
- rasmlar,
- logotiplar,
- Sayt koeffitsientlari (masalan, XML formatida) va boshqa vositalar.
HD reklama materiallarini o’zgartirish, ularning sonini kamaytirish yoki yangilariga almashtirish huquqiga ega.
3. KELISHUVNING XULOSI:
3.1. Hamkordan Hamkorni ro’yxatdan o’tkazish shaklini to’ldirish va uni HD vakillariga yuborish taklif etiladi. Hamkorning ma’lumotlarini olganimizdan so’ng, sizga elektron pochta xabari keladi va bu kelishuv tuzilganligini tasdiqlaydi. HD sabab ko’rsatmagan holda ro’yxatdan o’tish shaklini rad etish huquqini o’zida saqlab qoladi.
3.2. PP tomonidan taqdim etilgan reklama materiallari yordamida Hamkor veb-resursidan kelgan barcha yangi Mijozlar, shuningdek, ular kiritgan stavkalar hamkorlik dasturida yaratilgan havolalar yordamida tizimda ro’yxatga olinadi.
3.3. Kelishuvni qabul qilgandan so’ng, Hamkorlar Saytga kirish uchun reklama materiallaridan foydalanish huquqiga ega bo’lishadi.
3.4. Taqdim etilgan marketing materiallari dizayni va mualliflik huquqi, Saytdagi boshqa ma’lumotlar kabi, HDning mulki hisoblanadi.
4. HAMKORLING HUQUQ VA MAJBURATLARI
4.1. Hamkor eng kam yosh talabiga mos kelishi (18 yosh) va tegishli mamlakat yurisdiktsiyasiga ko’ra bunday kelishuvlar tuzish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
4.2. Hamkor o’z hisobidan mijozlarga Saytni reklama qilishga majbur. Marketing va reklama faoliyati qonun hujjatlariga va ushbu kelishuvga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
4.3. Hamkor faqat HD doirasida taqdim etilgan havolalar va banner kodlaridan foydalanishga majbur, aks holda biz komissiya va ro’yxatga olish jarayonida to’g’ri hisoblash amalga oshirilishiga kafolat bermaymiz. Reklama materiali HDning yozma roziligisiz o’zgartirilishi mumkin emas.
4.4. Hamkor o’z veb-resursining rivojlanishi, ishlashi va mazmuni, shuningdek, uning resursiga tegishli bo’lishi mumkin bo’lgan barcha materiallar uchun javobgardir. Hamkor uning resursida zo’ravonlik yoki jinsiy kamsitilish bilan bog’liq bo’lgan noqonuniy materiallar mavjud emasligini tasdiqlaydi.
4.5. Hamkorga veb-resursini Saytning veb-sahifasi yoki Hamkor qisman yoki to’liq Saytga tegishli degan taassurot qoldiradigan tarzda loyihalashi taqiqlanadi.
4.6. Hamkorga veb-resursning manzil (domen) qismidagi har qanday turida Veb-sayt brend nomidan yoki uning noto’g’ri imlosidan foydalanishi taqiqlanadi.
4.7. Hamkorga taqdim etilgan reklama materiallari orqali o’zi va yaqinlarini mijoz sifatida jalb qilishi taqiqlanadi.
4.8. Hamkorga jalb etilgan o’yinchi (CPA) bilan ishlashda motivatsiyalangan va/yoki frodli trafikni jalb qilish taqiqlanadi.
4.9. AHD so’roviga binoan, Hamkor veb-resursning trafik manbalari to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
4.10. Hamkor ro’yxatdan o’tish paytida ko’rsatilgan veb-resursning egasi yoki vakili ekanligini tasdiqlashi shart (HD talabiga binoan).
4.11. Saytni reklama qilish vositasi sifatida Hamkorga quyidagi formatlardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi:
- elektron manzil spamlari, ijtimoiy tarmoqlardagi spamlar va boshqa spamlar;
- har qanday turda Sayt brendini eslatuvchi kontekstli reklamani joylashtirish;
- clickunder trafik va pop-under trafik;
- adalt-trafik.
- iframe-trafik.
Shuningdek, Hamkorga quyidagilar qat’iyan man etiladi:
- foydalanuvchilarni chalg’ituvchi va yolg’on bo’lgan ma’lumotlardan foydalanish (mislid);
- "cookie" bilan bog’liq bo’lgan har qanday manipulyatsiyalar;
- Bolalar auditoriyasiga qaratilgan, zo’ravonlik, millatchilik, din, millat, nogironlik, jinsiy xohish yoki yoshiga ko’ra kamsitilishni targ’ib qiluvchi saytlardan, shuningdek, noqonuniy faoliyat bilan shug’ullanadigan yoki intellektual mulk huquqlarini buzuvchi sayt trafiklarni qo’llash;
4.12. Hamkor HDda faqatgina bitta faol hisobiga ega bo’lishi mumkin. HDda qayta ro’yxatdan o’tish taqiqlanadi.
4.13. HD ba’zi mamlakatlarda stavkalarni kiritish va/yoki o'yinlarni joylashtirish uchun reklama yoki takliflar qonuniy cheklovlarga duchor kelishi va ba’zi hollarda taqiqlanishi mumkinligini qayd etadi. Shunday qilib, Hamkor quyidagilarni shaxs tan oladi, agar Hamkor veb-resursi ro’yxatdan o’tgan mamlakatning qonunlari va qoidalariga muvofiq, reklama yoki stavka kiritishni va o’yinlarni joylashtirish yoki bonusli o’yinlarda ishtiroki taqiqlangan yoki faqatgina ma’lum qoidalarga muvofiq ruxsat etilishi ushbu Kelishuvda ko’rsatilmagan old shartlarga ko’ra, Hamkor HD bilan ushbu Kelishuvni qabul qila olmaydi va hamkorlik qilolmaydi, shu sababli, u o’z veb-resursida Saytning reklama materiallari bilan havolalarni joylashtira olmaydi. Hamkor veb-resursi ro’yxatdan o’tgan mamlakatdagi tegishli taqiqlar tufayli HD yoki Hamkor uchun har qanday salbiy oqibatlar yuzaga kelgan taqdirda, Hamkor ularga javobgar bo’ladi.
4.14. Qonuniy cheklovlar tufayli HD foydalanuvchilarni quyidagi mamlakatlar yurisdiktsiyasiga ko’ra ro’yxatdan o’tishiga ruxsat bermaydi (o’z nazorati doirasida): Amerika Qo’shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kyurasao.
4.15. HD Hamkorga komissiya statistikasini taqdim etib, mijozlarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq faoliyatni amalga oshirishda ushbu biznesda yordam beradi.
4.16. Yuqoridagi shartlar buzilgan taqdirda, Hamkor komissionlarni olish huquqidan mahrum bo’lishi mumkin, shu bilan birga uning HDdagi hisobi bloklanadi.
5. Komission:
5.1. Hamkorga Hamkorning veb-resursidan yangi mijozlarni jalb qilganligi uchun komission to’lanadi.
5.2. Hamkorning umumiy daromadi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Daromad = (O’yinchining stavkasi - ushbu stavkadan oluvchi yutuq - Bonus) * hamkorning komissioni miqdori
5.3. Komissionlar - Hamkor tomonidan bevosita jalb etilgan foydalanuvchilar tomonidan sport uchun kiritilgan stavkalardan olingan sof daromadning foizi.
5.4. Saytning yangi mijozlari deb, hali o’yin hisobiga ega bo’lmagan, havola orqali Saytga kirgan, ro’yxatdan o’tgan va deposit uchun naqd pul kiritganlarga aytiladi.
5.5. HD komissionlar foizini va referallar uchun komissionlarni hisoblash usulini o’zgartirish huquqiga ega.
5.6. HDning ixtiyoriga ko'ra, Hamkorga komissionlar rejasini qayta tashkil etish imkoniyati berilishi mumkin. Muqobil komission rejalariga misollar har bir Qabul qilingan mijoz uchun to'lovni (CPA) o’z ichiga oladi. Kompaniyaning ushbu Kelishuvida tavsiflangan standart daromad tuzilmasini muqobil tuzilma bilan almashtirish bo’yicha taklifini qabul qilib, Hamkor yangi tuzilma mavjud tuzilmani to’laqonli almashtirishiga rozilik bildiradi. Komission tarkib o’zgargan taqdirda hamkorning ushbu Kelishuvi bo'yicha majburiyatlari Kelishuv bekor bo’lgunga qadar o’z kuchida qoladi.
6. KOMISSIONLAR REJASI:
6.1. Dastlabki Hamkorlik komissiyasi 20% ni tashkil qiladi. Keyingi stavkaning oshishi HD vakili bilan individual ravishda muhokama qilinadi:
6.2. CPA to'lovi miqdori (jalb qilingan mijoz uchun to'lov) HD vakili bilan individual ravishda kelishib olinadi.
7. KOMISSIONLAR TO’LOVI:
7.1. Komissionlarni to’lovi Hamkorga har bir kalendar oyining oxirida, keyingi oyning 20-kuniga qadar, 100 AQSh dollaridan ortiq (eng kam to’lov) bo'lishi sharti bilan amalga oshiriladi. Hamkorlik dasturi (Hamkorni oldindan ogohlantirgan holda) faol o’yinchilarning minimal talab qilinadigan sonini belgilash huquqini o’zida saqlab qoladi (to’lov amalga oshirilayotgan oyda kamida bitta stavkani kiritgab o’yinchilar faol hisoblanadi). Agar to’lanishi kerak bo’lgan miqdor minimal miqdordan kam bo’lsa, u keyingi oyga o’tkaziladi va summa minimal to’lovdan oshib ketgan paytda to’lanishi mumkin.
7.2. Hisobdagi salbiy qoldiq keyingi oyga o’tkaziladi.
7.3. To’lov valyutalarda amalga oshiriladi: "AQSh dollari", "Evro", "Ukraina grivnasi". Hamkorlik komissiyasi hisoblangan konvertatsiya kursi to’lovlar amalga oshirilgan kuni ko’rib chiqiladi. Hisoblash to’lov oyining o’rtacha stavkasi bo’yicha amalga oshiriladi.
7.4. To’lov quyidagi to’lov tizimlaridan biriga amalga oshiriladi:
- WebMoney (WMZ);
- Skrill (USD);
- Bank o’tkazmasi (EUR);
- Bank kartasi (UAH).
7.5. Hamkorga komissionlarni hisoblashda xatolik yuz bergan taqdirda, HD istalgan vaqtda xatoni tuzatish va yetishmayotgan summani darhol to’lash, Hamkorga to’langan summadan oshib ketishni talab qilish yoki keyingi to'lovdan yetishmayotgan summani chegirib tashlash huquqini o’zida saqlab qoladi.
7.6. Hamkor tomonidan to’lovni qabul qilish belgilangan muddat uchun to’liq va yakuniy to’lovni tasdiqlash deb hisoblanadi.
7.7. Agar Hamkor hisob-kitobga rozilik bildirmasa, u o’ttiz (30) kalendar kun ichida [email protected] elektron manziliga asoslantirilishi kerak. Agar ushbu muddat ichida elektron pochta xabari yuborilmasa, bu unda ko’rsatilgan muddat uchun komissionlar miqdorini qaytarib olish huquqisiz qabul qilganligini tasdiqlash sifatida qabul qiladi.
7.8. HD tegishli bitimlarni solishtirish va ushbu shartlar va nizomlarni qo’yish muddati uchun komissionlarni to’lashni bir yuz sakson (180) kungacha kechiktirishi mumkin.
7.9. Agar sayt trafigining noqonuniy faoliyati tufayli bolgan bo’lsa yoki ushbu shart va qoidalarning boshqa har qanday moddasiga zid bo’lsa, to’lov amalga oshirilmaydi.
7.10. Hamkor firibgarlik yoki soxta operatsiyalardan olingan komissionlarni qaytarish majburiyatini oladi, shuningdek, ushbu qonuniy choralar bilan bog'liq harajatlarni o’z zimmasiga oladi.
7.11. HD sho'ba hisoblari bo’yicha minimal faoliyat darajasini belgilash huquqini o’zida saqlab qoladi. Faoliyatning minimal darajasi doimiy ko’rib chiqilishi kerak va kompaniya bunday kelishuvlarning amal qilish muddatini cheklash huquqini o’zida saqlab qoladi. Minimal daraja juda yuqori bo’lmasligi kerak va u hisobni yuritish va to’lov tartib-qoidalarini yuritish harajatlarini qoplamaydigan hisob-kitoblarni, daromadlarni rad etish niyatini aks ettiradi.
7.12. Hamkor ushbu Kelishuv asosida daromad olish natijasida yuzaga keladigan soliqlar, yig’imlar, jamg’armalarni mahalliy yoki xorijiy (agar mavjud bo'lsa) soliq organlariga, filiallarga yoki boshqa vakolatli muassasalarga to'lash uchun javobgar bo’ladi. Hamkor HDni dasturning ishlashi bilan bog’liq to’lanmagan, ammo hisob-kitob qilinadigan summalar uchun javobgarlikka torta olmaydi.
7.13. Hamkor 12 oy ichida mavjud komissionlarni to’lashini talab qilish majburiyatini oladi. Agar to’lov uchun oxirgi ariza berilgan kundan boshlab 12 oydan ko’proq vaqt o’tgan bo'lsa, Sayt komissionning ushbu qismini ushlab qolish huquqini o’zida saqlab qoladi.
8. AMAL QILISH MUDDATI:
8.1. Kelishuv tomonlarning har biri tomonidan sabablarni ko’rsatmasdan, elektron pochta orqali xabar berish orqali bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.
8.2. Hamkor kelishuv bekor qilingan paytdan boshlab HDning havolalari, bannerlari, logotiplari va boshqa savdo belgilaridan foydalanishdan bosh tortish majburiyatini oladi.
8.3. Kelishuvni bekor qilgandan so'ng, HD hamkor tomonidan shartnomani buzish bilan bog’liq harajatlarni qoplash uchun komissionning butun miqdorini yoki bir qismini ushlab qolish huquqiga ega.
9. AMAL QILUVCHI QONUN:
9.1. Ushbu Kelishuv amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Nizolarni hal etilishi tegishli yurisdiktsiya ostida o’tadi.
MAXFIYLIK SIYOSATI
Tahrir sanasi: 22.10.2020
Ushbu Maxfiylik siyosati (“Siyosat”) Hamkorlik kelishuvining (“Kelishuv”) ajralmas qismini tashkil etadi. Agar kontekstdan boshqacha ma’no kelib chiqmasa yoki ushbu Siyosat matnining boshqa qismida belgilanmagan bo’lsa, ushbu Siyosatda bosh harf bilan yozilgan so’zlar Bitimdagi kabi ahamiyatga ega bo’ladi.
HD maxfiylik huquqlarini hurmat qiladi va Hamkorning HDda ro’yxatdan o’tishi, identifikatsiyalash va HD xizmatlaridan qulay foydalanish uchun zarur bo’lganlardan tashqari hech qanday shaxsiy ma’lumotlarni to’plamaydi.
HDda ro’yxatdan o’tish orqali Hamkor quyida ko’rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarni saqlash qoidalarini qabul qiladi.
MA’LUMOTLARNI TO’PLASH VA SAQLASH
HD quyidagi ma’lumotlarni to’plashi va qayta ishlashi mumkin:
HDda ro’yxatdan o’tish va Hamkor ma’lumotlarini yangilashda Hamkor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar;
Har qanday xabarda Hamkor tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, jumladan, qo’llab-quvvatlash so’rovlari, buzilish hisobotlari va boshqa so’rovlar. HD bunday xabarlarni saqlash huquqini o’zida saqlab qoladi;
Amalga oshirilgan to’lovlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
Hamkorning kompyuter konfiguratsiyasi, jumladan, dasturiy ta’minot va tarmoq xususiyatlari va sozlamalari haqidagi ma’lumot.
«COOKIE» FAYLLARIDAN FOYDALANISH
HD cookie-fayllardan foydalanish orqali Hamkorning Internetdan foydalanishi haqidagi ma’lumotlarni to’plashi mumkin. Cookie-fayllar Hamkorni veb-saytning ro’yxatdan o'tgan foydalanuvchisi sifatida aniqlash, shuningdek, ushbu ma’lumotni qayta kiritmaslik uchun Hamkorning qaydnomasi haqidagi turli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi.
Hamkor brauzer sozlamalarida mos variantni tanlab, cookie fayllarini saqlashni rad etishi mumkin, ammo bu HD veb-saytining ayrim yoki barcha elementlaridan foydalanish imkoniyatini yo’qotishiga olib kelishi mumkin.
Agar hamkor brauzer sozlamalarida boshqa variantni o’rnatmasa, HD cookie-fayllardan foydalanish huquqini o’zida saqlab qoladi.
OLGAN MA'LUMOTDAN FOYDALANISH
PP Hamkorning saqlangan ma'lumotlaridan quyidagi usullarda foydalanish huquqini o'zida saqlab qoladi:
hamkorga HD veb-saytiga kirishni ta’minlash;
sayt xizmatlarini yaxshilash;
veb-saytning boshqa foydalanuvchilari orasida Hamkorni aniqlash, Hamkorlik ma’lumotlarini (masalan, reytinglar, pozitsiyalar va h.k.) ochiq e’lon qilish;
hamkor qiziqishlariga mos keluvchi reklama kampaniyasini tanlash uchun;
veb-saytdagi o’zgarishlar va yangilanishlar to’g’risida har xil turdagi bildirishnomalar uchun va Hamkorga bevosita HD veb-saytiga tegishli boshqa ma’lumotlarni yuborish uchun.
MA’LUMOTLARNI OSHKOR QILISH
HD Hamkorning shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan quyidagi hollar bundan mustasno. HD har qanday qonuniy majburiyatlarni yoki davlat buyurtmalarini bajarish uchun Hamkorning shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.
MA'LUMOTLARGA KIRISH HUQUQI
Hamkor o’zining shaxsiy ma’lumotlarini o’zgartirish huquqiga va imkoniyatiga ega. Hamkor veb-sayti buni Hamkorlik qaydnomasi orqali amalga oshirishga imkon beradigan darajada amalga oshirishi mumkin.
SIYOSATNING O’ZGARISHI
Ushbu Siyosatga kiritilgan barcha o’zgartirishlar Kelishuvning tegishli qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.